Shavkat Mirziyoyev olti nafar yangi elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev olti nafar yangi elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi, deya xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidentiga Hindistonning Favqulodda va muxtor elchilari Smita Pant, Janubiy Koreyaning Favqulodda va muxtor elchilari Von Do Yong, Mo‘g‘uliston Daadanxuu Batbaatar, Germaniya Manfred Xyuterer, Isroil Gideon Lustig va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaardan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlarini O‘zbekistonda rasmiy faoliyat boshlagani bilan tabrikladi.
Bugun, dunyoda beqaror va tez o‘zgarib borayotgan vaziyat sharoitida elchilarning nafaqat o‘z mamlakatlari manfaatlarini ilgari surish, balki xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan sharafli missiyasining ahamiyati, tobora ortib bormoqda, – deyiladi xabarda.
Sharhlar