Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Foto: prezident.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 8-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Qozog‘iston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.