Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi
Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etdilar.
Geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.
Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Sharhlar