Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati vakillari bilan uchrashdi

Foto: Uzauz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Vitaliy Savelyev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va “Российские железные дороги” kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

26-28-may kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yoʻl va aviatsiya yoʻnalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.