Shavkat Mirziyoyev va Illhom Aliyev ikki mamlakat san’at ustalarining birgalikdagi kontsertida ishtirok etdi
23 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining kontsertida ishtirok etdilar, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
“O‘zbek va Ozarbayjon xalqlarini umumiy tarixiy ildizlar, yagona din, o‘xshash madaniyat va urf-odatlar bog‘lab turadi. Prezidentlarning irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi”, – deyiladi xabarda.
Prezidentlar farmoni bilan, afsonaviy xonandalar Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga “xalq artisti” faxriy unvonlari berildi.
Konsert o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi, uyg‘un an’ana va qadriyatlarining yana bir bor namoyon etdi.
Iste’dodli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda ikki mamlakat madaniyatlarining boyligi va rang-barangligi, shu bilan birga, mushtarakligi va o‘ziga xosligi mujassam bo‘ldi..
Sharhlar