Shavkat Mirziyoyev Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
8-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi 247-sonli Qarorini qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, Xitoy Hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 6-iyun kuni Pekin shahrida imzolangan.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Sharhlar