Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amalga oshirgan tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bokuga amalga oshirgan tashrifi yakunlandi. 12-noyabr kuni u BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha COP29 sammitida nutq so‘zlab, iqlim muammolarini birgalikda hal etish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Mirziyoyev Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti Odil-Reno Basso, Islom taraqqiyot banki rahbari Muhammad al-Jassir kabi bir qator xalqaro yetakchilar bilan uchrashdi.
13-noyabr kuni O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi. Shuningdek, Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, birgalikda yangi zavod ishga tushirildi.
Sammit davomida yana bir necha xalqaro yetakchilar bilan muloqotlar o‘tkazilib, O‘zbekistonning COP29dagi milliy pavilyoni tanishtirildi. Tashrif yakunida Prezident Mirziyoyev Toshkentga qaytdi.
Sharhlar