Shavkat Umurzakov shaxmat federatsiyasining Toshkent shahridagi raisi etib tayinlandi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib tayinlandi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

2-oktabr kuni Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat bo’yicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda Toshkentda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlar o’rtasida shaxmatga bo’lgan qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yig’ilishda tashkiliy masala ko’rildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shavkat Umurzakov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.