Сheklardagi summadan tashqari boshqa xatoliklarni muddatsiz tahrirlash mumkin
Soliq to‘lovchilar 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab berilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda summadan tashqari quyidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz da “Yuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi maʼlumotlari” sahifasidagi “Chek maʼlumotlari” boʻlimida muddatsiz tahrirlashi mumkin:
- Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi va stavkasini (0/12%)
- Mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodini (MXIK)
- Komitent STIRini;
- mahsulot miqdorini;
- o‘lchov birligini;
- to‘lov turini (naqd pul yoki bank karta).
“Saqlash” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.
Tadbirkor chek tahrirlanishi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi murojaatini (faqat bitta fayl) ilova qilishi lozim.
Tahrirlangan cheklar bo‘yicha lozim bo‘lgan taqdirda, soliq hisobotlarini qayta topshirish talab etiladi. Qayta hisobot taqdim etmaslik tavofutlarni (Avtokameral) keltirib chiqaradi.
Ulashish:
Sharhlar