Sherali Jo‘rayev Botir Qodirovning otasiligi tasdiqlandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori o‘qildi. Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi.
“Botir Qodirovning javobgarlar Jo‘rayev Shoxjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshox Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik faktini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023-yil 4-fevralda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981-yil 5-mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin”, – deya sud qarorini o‘qidi ishni ko‘rgan sudya.
Shuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYO bo‘limida 1983-yil 11-mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Sherali Jo‘rayev, 1945-yil tug‘ilgan, millati o‘zbek” deb ko‘rsatish ham belgilangan.
Sudning hal qiluv qarori 1 oydan so‘ng kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar apellyatsiya shikoyati berishi mumkinligi aytilgan.
Sharhlar