Shimoliy Koreya kechasi yettita raketa uchirgan
Shimoliy Koreya tomonidan tunda Yaponiya tomon uchirilgan 7 ballistik raketa taxminan 400 km uzoqlikda uchib, dengizga qulagan. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi. Uchirishlar Yaponiyada ham qayd etilgan.
Bu so’nggi kunlarda Shimoliy Koreyada ikkinchi raketa uchirilishidir. O‘tgan hafta Shimoliy Koreya qit’alararo qattiq yonilg‘i ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi, u yarim orol sharqidagi Shimoliy Koreya hududiy suvlariga qulashdan oldin parvoz va balandlik rekordlarini yangiladi.
Bir kun avval AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Pxenyanning seshanba kuni raketa uchirilishini ularga javob sifatida ko‘rish mumkin, degan AFP Koreya mudofaa sanoati assotsiatsiyasi eksperti.
Sharhlar