Shimoliy Koreya raketasi parvoz balandligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Shimoliy Koreya tomonidan sinovdan o‘tkazilgan raketa balandlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, bu haqda Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Raketa 7 ming kilometr balandlikka yetdi. Harbiy sharhlovchi Ilya Abishevga ko‘ra, bunday yuqori parvozlar amaliy jangovar ahamiyatga ega emas, ammo raketaning uzoq masofalarga yetib borish imkoniyatini oshiradi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Zamonaviy qit’alararo ballistik raketalar odatda 100-120 km balandlikda uchadi, bu balandlikda havo zichligi kam bo‘lib, yuqori tezlikni ta’minlaydi va ko‘pchilik havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari ularni urib tushirishga qodir emas. Minglab kilometr balandlikka, ya’ni ekzosferaga chiqish raketadan katta energiya talab qiladi, bu esa uning uchish masofasini qisqartiradi.
Shimoliy Koreya konstruktorlari ana shunday katta balandliklarda uchishni davom ettirmoqda, chunki geografik joylashuviga ko‘ra, atrofini Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rab turibdi.
Sharhlar