Shofirkonda voyaga yetmagan qiz bilan sodir boʻlgan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Foto: Ombudsman

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, o’rganilmoqda.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.J. (1990-yilda tugʻilgan ayol) joriy yilning 25-oktyabr kuni uyining oshxonasida 2015-yilda tugʻilgan qizi B.A. ning qoʻllari va yuz qismiga qizigan oshxona temir “kapkiri”ni bosib, qizi B.A. ga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan. Bu haqida Bolalar ombudsmani o’z telegram kanalida xabar bermoqda.

Voyaga yetmagan qizga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda B.A. tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan zaruriy tibbiy xizmat koʻrsatilmoqda.

Holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi TG tomonidan M.J. ga nisbatan JKning 126 (1) moddasi 3 -qismi (Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishini ma’lum qiladi ombudsman

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.