Shohruh Davlatov Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi
Erkaklar o’rtasida marafon g’oliblari aniqlandi. 42 km, 195 metr masofaga kechgan bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan bo’lsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov esa 30-kilometrdan so’ng o’zini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishga yetib bora olmadi.
Ulashish:
Sharhlar