Shu yilning 1-yarmida “Uzbekistan Airways” jami 2 706 000 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatgan
2024-yilning 1-yarmida “Uzbekistan Airways” tomonidan xalqaro yo‘nalishlarda jami 2 346 000 yo‘lovchilarga, mahalliy yo‘nalishlarda esa jami 360 000 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva.
2024-yilning 1-yarmida “Silk Avia” tomonidan jami 3 277 parvoz bajarilib, 168 798 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.
- Joriy yilning iyun holatiga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirildi:
- Toshkent-Termez-Toshkent va Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 16 taga;
- Toshkent-Qarshi-Toshkent va Toshkent-Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 7 taga;
- Toshkent-Navoi-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 5 taga yetkazildi.
1-iyuldan boshlab, haftasiga 7 marotaba Toshkent-Issiq-ko‘l-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshirilmokda.
12-iyuldan boshlab Toshkent-Termez-Toshkent va Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga, har bitta yo‘nalish bo‘yicha 21 taga yetkaziladi.
Zomin aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangani munosabati bilan aviaqatnovlar qayta tiklanib, parvozlar har kuni Let L-410 havo kemasida amalga oshirilmoqda.
Sharhlar