Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligiga rahbar etib tayinlandi

Фото: k_markaz

Shuhrat Rizayev 2017-yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

U 1958-yil 10-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi faoliyat yuritgan.

2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. 2021-yilda esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.