O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyaga ishga jalb etiladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shvetsiya Qirolligining yirik ish beruvchi kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda dastlab ish beruvchi kompaniya faoliyati, mazkur davlatda ishlab chiqarish, energetika va servis sohalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha mavjud tizim, Agentlik faoliyati, migratsiya geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot almashildi.
Tadbir yakunida esa kelgusidagi ikki tomonlama rejalarni ifodalovchi hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Ulashish:
Sharhlar