O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nurimbetov Shvetsiya poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
U Stokgolmga tayinlanishidan avval 2023-2024-yillarda O’zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Diplomat 47 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) va O’zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DSc) darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boshlagan.
2003-yildan buyon TIV tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, o‘tgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, shuningdek, O’zbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda ishlab, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan. Bundan tashqari, 2018-2024-yillarda O’zbekistonning ShHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori vazifasida ishlagan.
Nemis, ispan va ingliz tillarini mukammal biladi.
Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024-yillarda O’zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Nodir G’aniyev o‘rniga tayinlandi.
Sharhlar