Shveysariya kunlari: “Men bilan nafas ol”

Foto: Shvetsariyaning O'bekistondagi elchixonasi

“Men bilan nafas ol”. Shveysariyalik rassom Annabel Shnayderning “BREATHE WITH ME” immersiv badiiy instalyatsiyasining ochilishi Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Shveysariya kunlari” tadbirining asosiy qismga aylandi. Installyatsiya xotirjamlik va fikrlash uchun qulay muhit yaratish qobiliyati bilan dunyo miqyosida tan olingan. BREATHE WITH ME shveytsariyalik musiqachi Lyuk Oje tomonidan yaratilgan ovozli landshaftlar bilan to‘ldirilgan tinchlantiruvchi oppoq kichik olamni o‘zida mujassamlashtirgan. Shnayderning ijod namunasi havo sifati va Orol dengizi qurishining oqibatlari kabi muhim ekologik muammolarni ko‘targanligi bilan O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etgan.

Bu yilga “Sifat, innovatsiya va ishonchlilik” shiori ostida o’tayotgan tadbir O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, madaniyat, san’at va ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lib, Shveysariyaning 30 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida uchinchi marta tashkil etilmoqda.

Ilgari Nyu-York va Barselonadagi dizayn haftaliklarida taqdim etilgan ushbu installyatsiya barqaror hayot tarziga o‘ziga xos badiiy qarashni taklif qilib, onglilik va barqaror rivojlanish masalalarini o‘rganadi. Instalyatsiya namoyishi Shveytsariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan, Inessa Boltyanskaya bilan hamkorlikda tashkil etilib, 23-26-noyabr kunlari Tashkent City Mall atriumida bo‘lib o’tmoqda.

“Ushbu installyatsiya, ekologik muammolarga duch kelgan hududlarda osoyishtalikka bo‘lgan universal ehtiyojni ifodalaydi,” – deb tushuntiradi mutaxasis Inessa Boltyanskaya.

Installyatsiyaga tashrif buyuruvchilar inklyuzivlik, barqarorlik va erkinlashuv tamoyillarini o‘zida mujassam etgan doimiy o‘zgaruvchan makonning bir qismiga aylanishlari mumkin. Ushbu “jonli” muhit zamonaviy chaqiriqlarga javob berishda san’atning kuchi haqida eslatma bo‘lib xizmat qiladi. Qariyb besh kundan buyon barcha ko’ngillilar uchun ovoz terapiyasi seanslari, meditativ amaliyotlar, ong va ichki birlikka hissa qo‘shuvchi immersiv tajribalar davom etmoqda.

Shuningdek, “Shveysariya: Sifat. Innovatsiyalar. Ishonchlilik” ko‘rgazmasi 26-noyabr kuni O‘zbekiston va Shveysariya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan suv resurslari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, va shahar infratuzilmasini rivojlantirish kabi mavzularda seminarlar, biznes sessiyalar bilan davom etadi.

Shveysariya ketma-ket 13 yil davomida Global innovatsiyalar indeksiga ko‘ra dunyoning eng innovatsion mamlakati bo‘lib kelmoqda , – dedi Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy . “O‘zbekiston jadal rivojlanar ekan, infratuzilma va xizmatlarga sarmoya kiritishda vaqt o‘tishi bilan mustahkam bo‘lib qoladigan yechimlarga ustuvor ahamiyat berilishi kerak, bu Shveytsariya sifatining o‘ziga xos belgilaridir. Shveytsariya kunlari bunday almashinuv uchun platformani taklif qiladi.

Aynan shu kuni Hyatt Regency’da “Oqimga qarshi” nomli ko‘rgazma ochiladi. Unda Shveytsariyaning suv resurslarini barqaror boshqarishga qo‘shgan hissasi namoyish etilib, O‘zbekistonning suv xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi hamda Markaziy Osiyodagi kengroq muammolarni ta’minlash uchun innovatsion yechimlar beriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.