Shveytsariya parlamenti Golodomorni genotsid deb tan oldi
Shveytsariya parlamenti 1932-1933 yillardagi Golodomorni genotsid akti sifatida tan oldi, deya xabar beradi Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk, “Yevropa haqiqati”.
Qabul qilingan bayonotda parlamentning quyi palatasi – Shveytsariya Milliy kengashi milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni yo‘q qilish maqsadidagi tizimli ommaviy va maqsadli ocharchilik harakatlarini genotsid akti deb tan oladi.
“Bu haqiqatan ham tarixiy qaror. Bu esa tarixiy adolatni tiklash va millionlab begunoh qurbonlar xotirasini saqlab qolish yo‘lidagi o‘ta muhim qadamdir”, — dedi Stefanchuk.
Bayonot 123 ovoz bilan ma’qullandi, 58 deputat qarshi chiqdi, 7 nafari betaraf qoldi, deb xabar beradi Shveysariya parlamenti sayti.
Matnga ko’ra, 1932 va 1933 yillarda Ukraina ocharligi paytida to’rt million ukrainalik, ikki millionga yaqin qozoq va yuz minglab ruslar halok bo’lgan.
Sharhlar