Siandan Toshkentga yangi kargo reysi yo’lga qo’yildi
Avvalroq, Xitoy aviakompaniyasi Toshkentga yuk reyslarini yo‘lga qo‘yayotgani haqida xabar bergan edik.
4-sentabr kuni Xitoyning “North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) yuk aviakompaniyasi Sian — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter parvozini amalga oshirdi.
“North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) aviakompaniyasining Boeing 757-200 havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 10:07 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko’ra, havo kemasi suv arkasi bilan kutib olindi.
Sian — Toshkent — Sian yoʻnalishi boʻyicha parvozlar yuk koʻtarish quvvati 25 tonnagacha boʻlgan Boeing 757-200 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda parvozlar haftasiga bir marta amalga oshiriladi, keyinchalik parvozlar soni haftasiga uch martaga yetkaziladi.
“North-Western Cargo International Airlines” (NWCIA) kompaniyasi shtab-kvartirasi Sian shahrida joylashgan Xitoyning yuk tashuvchi aviakompaniyasidir.
Sharhlar