Sifati kafolatlanmagan dori vositalari qo‘lga olindi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor vakillari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga va muomalasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda boshqarmaning matbuot xizmati yozmoqda.
“O‘zbekistonga o‘tish uchun “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvidagi kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, avtotransport vositasining salon qismining yotoqxona ostiga joylashtirilgan yuk kuzatuv xujjatlarida ko‘rsatilmagan xamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 200 mln so‘mlik jami 10 340 dona xech qanday xujjati bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz!!! Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida “Dorilar va farmatsevtika faoliyat haqida” Qonuniga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Sharhlar