Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotmoqchi bo’lgan shaxslar ushlandi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish shu’basi xodimlari tomonidan viloyat DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada Urganch shahrida yashovchi fuqaro o‘zining yashash uyi va yordamchi ho‘jaliklarida umumiy qiymati 1 855 076 000 so‘m bo‘lgan, turli nomdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini Vazirlar Mahkamasining 185-sonli Qarori talablariga zid ravishda, yuqori haroratli, saqlash talablariga javob bermaydigan sharoitlarda keyinchalik sotish maqsadida saqlanib kelayotganligi aniqlandi.
Ko‘zdan kechirish jarayonida ayrim dori vositalarining qadoqlari va o‘ramlarida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatlari eski ekanganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, yuqoridagi dori vositalari vaqtinchalik saqlovga olingan.
Sharhlar