Farg‘onada 6400 dona sifati kafolatlanmagan dorilar qo‘lga olindi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini chetdan noqonuniy olib kirilishi va aylanishi, ichki hududda qalbaki dori vositalarini tayyorlanishi va realizatsiya qilinishiga tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali qarshi kurash olib borilmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu yo‘nalishda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahri “Dergezlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtab turgan fuqaro boshqaruvidagi treker rusumli avtomashina ushlanib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida avtomashina yukxonasi va salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 96 mln. so‘mlik jami 6400 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar