Sifatsiz mahsulotlar sotayotgan tadbirkorlarga chora ko’rildi

Foto: aniq.uz

O‘zbekistonda savdo do‘konlarida sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, zarur choralar ko‘rildi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi nazorat tadbirlarini o‘tkazib, sifatsiz mahsulotlarni aniqladi.

Tadbirlar doirasida Namangan viloyatida, “Sardoba” bozorida nazorat xaridlari doirasida olingan paxta yog‘i va kolbasa mahsulotlari sifat me’yorlariga javob bermasligi aniqlangan. Maxsus komissiya sifatsiz mahsulot sotgan MCHJlarga nisbatan ish qo‘zg‘atdi va kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilingan.

Qashqadaryo viloyatida, yirik do‘konlardagi oziq-ovqat mahsulotlari tekshirildi. Sut va sut mahsulotlari texnik reglament talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘lgan. Komissiya tadbirkorlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Farg‘ona viloyatida bolalar ichimliklari va idish yuvish vositalari sinovdan o‘tkazilib, talablarga mos emasligi qayd etilgan. Bunga javoban korxonalarga ish qo‘zg‘atilib, sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish to‘xtatilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.