“Silk Avia” Toshkentdan Shahrisabzga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘ymoqda

Фото: Uzbektourism.uz

O‘zbekiston bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish, shaharlarning turizm, ijtimoiy va ishbilarmonlik salohiyatini oshirish maqsadida “Silk Avia” mintaqaviy aviakompaniyasi Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Parvozlar 11-sentyabrdan boshlab chorshanba va shanba kunlari, LET L-410 havo kemalarida amalga oshiriladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.