Sirdaryo yonida noqonuniy qum va shag‘al qazib olingani aniqlandi
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Ochamayli mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoning qirg‘oq zonasida noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olingan. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar beradi.
Mutaxassislar tomonidan reyd tashkil etilib, daryoning chap qirg‘og‘ida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish fakti aniqlangan. Uni davlat raqami bo‘lmagan HOWO va “ZIL” yuk mashinalari yordamida olib chiqib ketishgan.
Tabiatga yetkazilgan zarar 87,6 milliard so‘mni tashkil etgan. Uchta yuk mashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Ulashish:
Sharhlar