Sirdaryoda fermer xo‘jaliklari suv nasoslarini elektr tarmog‘iga yashirincha uladi
Guliston tumanida “B.G‘.O.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichsiz yashirincha ulab, jami 88,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
“Mirzaobod va Xovos tumanlarida esa “S.B.” MCHJ va “M.S.F.” xususiy korxonasi rahbar shaxslari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi taʼsir o‘tkazib, tijorat maqsadida jami 160 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari ma’lum bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ulashish:
Sharhlar