Sirdaryolik maktab o‘quvchisi tezkor shaxmatda jahon chempioni bo‘ldi

1-8-avgust kunlari O’zbekiston mezbonligida shaxmatning rapid (tezkor) va blis yo‘nalishlari bo‘yicha 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari hamda 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 20 ta mamlakatidan 269 nafar shaxmatchi g‘oliblik uchun dona surmoqda.

4-iyul kuni mazkur nufuzli turnirning rapid yo‘nalishi bo‘yicha bahslar yakunlandi. Sardoba tumani 18-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Bahrom Baxrillayev bu siklda 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi va jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yosh shaxmatchi bilan telefon orqali muloqot qilib, g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

Ma’lumot o‘rnida, Bahrom Baxrillayev 6-7-avgust kunlari o‘tkaziladigan blis yo‘nalishidagi bahslarda ham ishtirok etadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.