Sirojiddin O‘sarov Madaniyat vazirligining matbuot kotibi etib tayinlandi

O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich – Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari — vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar S. O‘sarov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda “ZO‘R TV” telekanalida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.