Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi vakili Sitora Turdibekova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi. Mukofot haqidagi farmonni Shavkat Mirziyoyev imzoladi.
Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, Farmon bilan qator davlat xizmatchilari taqdirlanishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik sportchi Parijdagi o‘yinlarning 1/8 finaliga chiqdi va gender mojarosi markazida qolgan tayvanlik bokschi Lin Yutingga yutqazib qo‘ygandi.
Ulashish:
Sharhlar