“Sizlarning dastingizdan bozorga ham borib bo‘lmas ekanda-da…”
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida qarzdor ota bozor xududidan topildi.
Aliment to’lashdan qochib yurgan otani sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan bozor xududiga chaqirtilibi, qidiruv inspektoriga ushlab berilgan. Shundan so‘ng tuzilgan reja ish berib qarzdor ushlangan.
Fuqaro MIB xodimlariga qarata “Sizlarning dastingizdan bozorga ham borib bo‘lmas ekanda-da…” deya o‘z e’tirozini ham bildirgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlaro sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra Sh. A dan undiruvchi Sh. S foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur sud varaqasi Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan harakatlar olib borilgan.
Biroq, ota mas’uliyatini unutib, moddiy ta’minotdan bo‘yin tovlab yuradi. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi. Boz ustiga qarzdorlik esa 30.318.000 summani tashkil etadi. Farzand nima yeb nima ichishini hayoliga keltirmagan ota tuzilgan reja asosida ushlanib, davlat ijrochisiga topshirildi.
Sharhlar