Skuterlar uchun bojxona tekshiruvidan 300 mln. so’m tejab qolmoqchi korxona aniqlandi
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan korxona nomiga Xitoydan olib kelingan 2 turdagi dvigatel hajmi 49 santimetr kub bo‘lgan “skuter” tovarlarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlari asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tovarlarning kodiga aniqlik kiritish maqsadida tovarlardan namuna olinib bojxona ekspertizasi tayinlandi.
O‘tkazilgan bojxona ekspertizasining tasniflash qaroriga asosan mazkur tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi, ya’ni dvigatel hajmini 100 santimetr kubga kamaytirib ko‘rsatganligi aslida skuterlarning dvigatel hajmi 149 santimetr kub ekanligi aniqlanib, jami 300 mln. so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Holatga aniqlik kiritilgunga qadar umumiy qiymati 2 mlrd. 100 mln. so‘mlik 174 dona skuterlar vaqtincha saqlovga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar