So‘nggi 2 yilda 7 ta OTM litsenziyasi bekor qilindi
2023-yilda 6 ta, 2024 yilda esa 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yilda ham 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotining litsenziyasini bekor qilish uchun sudga ariza kiritgan. Shundan 4 ta holatda davo arizalari qanoatlantirmagan.
Shuningdek, litsenziyasi bekor qilingan Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining barcha talabalari arizalariga ko‘ra, boshqa OTMlarga ko‘chirilgan, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, litsenziyani bekor qilish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunning 33-moddasida keltirilgan talablarga ko‘ra amaliga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin “Digital university” MCHJ litsenziyasi bekor qilingani haqida xabar qilgan edik.
Sharhlar