So’nggi 8 oyda “my.gov.uz”dan 414 698 ta mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olindi
2024-yilda fuqarolar tomonidan “my.gov.uz” portali orqali jami 414 698 ta mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olindi.
Eng ko’p kasallik varaqalari turli xastaliklar (335 465 ta) hamda homiladorlik va tug’ruq ta’tili (50 485 ta) munosabati bilan olingan.
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuklab olishda erkaklar ayollarga nisbatan ko’proqni tashkil etgan:
- 58 458 nafar ayol
- 256 240 nafar erkak
Bu ko’rsatkich erkaklar salomatligiga ham alohida e’tibor qaratish kerakligini eslatadi.
Hududlar kesimida eng ko’p mehnatga layoqatsizlik varaqalarining yuklab olinishi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (72 290 ta). Bu megapolis aholisi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’paytirish kerakligini anglatadi. Hududlar bo’yicha Toshkent viloyati (64 169) va Farg’ona viloyati (38 562) quyi o’rinda, eng kami esa Sirdaryo viloyatida (13 492 ta) yuklab olingan.
Sharhlar