So‘nggi 9 oyda “Tez yordam”ga qancha chaqiriq kelib tushdi
2024-yilning o‘tgan 9 oyi davomida “103” xizmatiga mamlakat bo‘ylab jami 9 million 958 ming 507 ta murojaat kelib tushgan.
Bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya’ni 7 million 107 ming 703 tasi shoshilinch ko‘rsatma bilan, shuningdek surunkali kasalliklar – 2 million 531 ming 699 ta va tug‘uruqlar – 64 ming 446 tani tashkil qildi.
Eng ko‘p murojaatlar:
- Farg‘ona viloyati — 1 040 546 ta;
- Andijon viloyati — 1 013 131 ta;
- Toshkent shahri — 1 007 327 ta;
- Toshkent viloyati — 933 600 ta;
- Namangan viloyati — 905 000 ta qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (296 046 ta), Sirdaryo viloyati (335 010 ta), Jizzax viloyati (399 342 ta) va Buxoro viloyatida (482 325 ta) hamda Xorazm viloyatida (489 761 ta) kuzatildi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 853 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda.
Ulashish:
Sharhlar