Sobiq hokim hamda vazir Muzaffar Saliyev 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
2017-yildan 2021-yilgacha Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, 2021-yildan 2023-yilgacha Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlagan Saliyev Muzaffar Xaldarbayevich 7 yilga qamaldi.
Sud hukmida keltirilishicha, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) “a” va “v” bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Muzaffar Saliyev va uning sheriklari davlat budjetidan juda ko‘p miqdordagi pullarni talon-toroj qilgan.
Ulashish:
Sharhlar