Sobiq muhandis va hisobchi firibgarlik ustida qo’lga tushdi

Urgut tumanida “Y.K” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konlarini norasmiy boshqarib kelgan J.Yu tuman elektr tarmoqlari korxonasi sobiq muhandisi A.N. bilan o‘zaro til biriktirib, ushbu do‘konlarga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan jami 80,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, sobiq muhandis A.N. va Urgut tumani ETK hisobchisi J.T. do‘kon boshqaruvchisi J.Yu.ga ETK xodimlari tomonidan 12.07.2024 yilda o‘tkazilgan tekshiruvda hisoblangan zararni kamaytirib berishni va’da qilishib, unga orqa sana bilan rasmiylashtirilgan soxta dalolatnomani berib, evaziga 38 mln so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan, tergovga qadar tekshiruv davomida A.N. va J.T. tomonidan 38 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.