Sobiq sevgilisining yalang‘och rasmlarini tarqatib yuborgan “yigitcha” qo‘lga olindi

Фото: Киберхавфсизлик

Buxoro viloyatida yashovchi (ayol) Ya.Sh. murojaat qilib, o‘zining uyatli foto hamda video tasvirlari noma’lum shaxs tomonidan telegram messenjerida tarqatib yuborganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi R.R. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi R.R., jabrlanuvchi Ya.Sh. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini telegram messenjeri orqali qo‘lga kiritib, uning qarindoshlariga tarqatib yuborganyu.

Mazkur holat yuzasidan R.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq,  Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 2-qismi bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.