Uzbekistan Airways 2023-yilda sof foydasini 40 foizga oshirdi
2023-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z foydasini qariyb 40 foizga oshirdi, bu haqda Yagona korporativ axborot portalidagi hisobotda aytiladi.
O‘tgan yil yakuniga ko‘ra aviakompaniya aktivlari yillik hisobda 1%ga (17,84 trln so‘m), yalpi foydasi esa 26%ga (2,24 trln so‘m) kamaydi. Shu bilan birga, sof tushum 19%ga oshib, 14,6 trln so‘mdan oshdi.
Taqsimlanmagan foyda bo‘yicha yo‘qotish 2,56 baravarga — 384,7 mlrd so‘mdan 149,9 mlrd so‘mga kamaydi.
Sof foyda 2022-yilning shu davriga nisbatan 39,5%ga oshib, 410,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining narxi uchdan bir qismga — 12,36 trln so‘mgacha oshgan.
Yilning birinchi yarmida Uzbekistan Airways o‘z foydasini 5,4 barobarga — 7,6 trln so‘mgacha oshirdi.
Milliy aviatashuvchi operatsion xarajatlarining o‘sishi valyuta kurslari bo‘yicha yo‘qotishlarning pasayishi hisobiga qoplandi.
Sharhlar