Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” tashkil etiladi
Tibbiyot muassasalari uchun dori vositalarini markazlashtirilgan holda xarid qilishda kamchiliklar mavjud. Ba’zi shifoxonalar talab qilinganidan kamroq dori sotib olgan, boshqalari esa ortiqcha ta’minotga ega.
Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida hududlarda onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya markazlarida skrining tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Masalan, 1,7 million ayol skrining tekshiruvidan o‘tkazildi, 49 ming nafarida saraton oldi kasalliklari aniqlandi. Joriy yilning birinchi yarmida 122 ming kishida yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet erta bosqichda aniqlangan.
Tahlillarga ko’ra, barcha saratonlarning o’rtacha 20-25% ko’krak va bachadon saratoni hisoblanadi. Shu munosabat bilan skriningni kengaytirish va reestr yuritishni boshlash rejalashtirilgan.
Yana bir taklif donor yordamini oshirishni talab qiladi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni sohiblari uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 baravardan 15 BRVga oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish va davlat sanatoriylarida ustuvor davolanish huquqi beriladi.
Sharhlar