Soliq qarzlarini to‘lamagan shaxsdan qariyb 463 mln. mablag‘ undirildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudining 24.04.2024-yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.R.dan soliq bo‘yicha yetkazilgan 462 mln. 864 ming so‘m miqdordagi zarar pullarini davlat foydasiga undirish belgilangan.
Ushbu ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning nomida aniqlangan 2 ta turar joy, 2 ta noturar joy va 1 ta “Cobalt” rusumli avtotransport vositasiga taqiq o‘rnatilgan.
Olib borilgan shu kabi majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdor U.R.dan davlatga yetkazilgan 462 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik to‘liq undirilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.
Sharhlar