O‘zbekistonda Soliq qo‘mitasining axborot serverlari vaqtincha ishlamaydi

фото: techpowerup.com

Soliq qo‘mitasining yirik ma’lumotlar bazasi O‘zbekistonda bosqichma-bosqich yangi serverlarga o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.