Soliqqa tortishning progressiv stavkalarini joriy etish taklifini bildiramiz

Ma’lumki, davlat va mahalliy budjetlar daromadlarining asosiy qismini soliqlar tashkil etadi. Soliqlar budjetning xarajatlar qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarali soliq siyosatiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.

Shu jihatdan olib qaraganda, “Adolat” SDPning Saylovoldi dasturidan o‘rin olgan “Ko‘p daromad topgan, ko‘p soliq to‘laydi” tamoyiliga ko‘ra soliqqa tortishning progressiv stavkalarini joriy etish tashabbusi muhim ahamiyatga ega. Progressiv soliq tizimi – daromad miqdorining ortib borishi bilan soliq stavkasining ham oshib borishiga asoslangan. Ya’ni qancha ko‘p daromad olinsa, soliq stavkasi ham shuncha balandroq bo‘ladi.

Partiyamiz tomonidan ilgari surilgan ushbu taklif ko‘pgina rivojlangan davlatlarda qo‘llanib kelinadi. Jumladan, Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Fransiya, AQSH singari davlatlarda progressiv soliq tizimiga amal qilinadi.

Progressiv soliq stavkasi orqali adolatli, samarali soliq hamda budjet siyosatini amalga oshirish va daromadlar tengsizligini kamaytirishga erishish mumkin. Rossiya, Qirg‘iziston va Ozarbayjon soliq organlari vakillari ham progressiv soliq shkalasiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlagan. Asosiy sabablaridan biri sifatida ijtimoiy adolatni ta’minlash keltirilgan.

Shu bois, partiyamiz ham progressiv soliq stavkasi joriy etilishi taklifini ilgari surmoqda.

*Reklama huquqi asosida

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.