So’nggi 6 oyda 3 236 ta ommaviy konsert-tomosha tadbiri tashkil etildi
2024-yilning birinchi yarim yilligida 3 236 ta ommaviy konsert-tomosha tadbiri tashkil etilib, ularga 5 mlnga yaqin aholi qamrab olindi.
O‘tgan davrda konsert-tomosha muassasalari ijodiy jamoalarning 228 ta mahalliy va 28 ta xorijiy gastrol safarlari tashkil etilgan.
Madaniyat vazirligi tizimida jami 367 ta ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 325 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 29 ta ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktabi va maktab-internatlari, 2 ta kollej, 5 ta oliy ta’lim muassasasi va ularning 4 ta filiali hamda 2 ta malaka oshirish markazlari mavjud.
Mazkur ta’lim muassasalarda 105 703 nafar o‘quvchi-talabaga 18 683 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 21 nafar talaba Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritdi va 2023 yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.
Bugungi kunda Madaniyat vazirligi tizimidagi 837 ta madaniyat markazida 4 171 ta to‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalari faoliyat olib bormoqda.
Tashkil etilgan to‘garak, studiya va badiiy havaskorlik jamoalariga 57,3 ming aholi, shu jumladan, 49,5 ming yoshlar qamrab olingan. Ushbu muassasalar tomonidan 2024 yil birinchi yarim yilligida 26,8 mingta madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etilgan.
“O‘zbekiston kulolchilik maktablari”, “Iftor va u bilan bog‘liq ijtimoiy-madaniy an’analar”, “Naqqoshlik – kitob bezak san’ati” YUNЕSKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi milliy madaniy markazlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jami
3 mingdan ortiq tadbir tashkil qilgan.
Sharhlar