So‘ngi 6 oyida 65 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi

Фото: кун.уз

2024-yilning 6 oyida Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlarda 65 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bu haqda  Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma’lum qildi.

Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga 19 ta doktarant (DSc), 220 ta tayanch doktarant (PHD)  hamda 100 nafar stajor-tadqiqotchi qabul qilindi.

Olimlar tomonidan “Maktabgacha ta’lim tarbiyaluvchilari uchun zilziladan himoyalanishni o‘rgatuvchi  multimediali ta’lim resurslarini yaratish” bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqildi.

“O‘zbek xalqi ijodi yodgorliklari” 100 jildligining 31-40 jildlari nashrga tayyorlandi va nashriyotga taqdim etildi.

Fanlar akademiyasi tashkilotlari tomonidan 2024-yilga mo‘ljallangan 2586, 7 ming dollar hajmdagi mahsulotlar eksporti to‘liq bajarilishi ta’minlandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.