Soxta diplom tayyorlab, 3-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo’lgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G‘.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan birida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy ta’lim muassasasiga 3-bosqichdan o‘qishga kiritib, keyinchalik davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar