Soxta e’longa ishongan 15 yoshli fuqaroning kartasidagi pullari o’g’irlandi
Farg‘ona shahrida yashovchi 15 yoshli Yo.A. IIOga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1.400.000 so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyatida yashovchi 18 yoshli B.A. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi B.A. telegram messenjerida Yo.A. bilan gaplashib, “OLX” platformasi orqali arzon narxda “Samsung Galaxy S22 Ultra” rusumli telefon apparati sotishini aytib, 1.400.000 so‘m pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborgan. B.A. mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan B.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi ”g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar