Soxta e’longa ishongan fuqaro 27 millionga “tushdi”

Foto: Cybersecurity

Toshkent shahrida yashovchi M.O. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 27 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyatida yashovchi 34 yoshli J.G. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, J.G. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib kelgan va bu e’longa ishonib yuklab olgan jabrlanuvchi M.O.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olib, uning hisobidagi 27 mln. so‘m pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi ”b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.