Firibgar soxta havola orqali fuqaroning 10.336.000 so‘m pullarini o‘zlashtirdi
Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli ayol T.B. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 10.336.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 19 yoshli A.B. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.B. Internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sharhlar